Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.
Navoiy viloyati hokimi matbuot kotibi hamda Xatirchi tumani hokimi o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari viloyat kengashida deputat sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ijro hokimiyati vakili bir vaqtning o‘zida deputat sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Avvalroq Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va viloyat hokimligi kotibiyat mudiri ham deputatlik qilib kelayotgani haqida ham yozgandik.
Senatning 15 yalpi majlisida Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ma’qullandi. Unga ko‘ra, endilikda saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi ko‘rsatilmasligi, qolaversa, fuqarolar ovoz berishda nafaqat pasport, balki ID-kartalar orqali ham o‘z shaxsini tasdiqlashi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting